11 apreldan boshlab Toshkent shahridan qo`shni davlatlardagi bir qancha viloyatlarga xalqaro reys tajriba sifatida yo`lga qo`yildi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022 yilning 11 aprel kunidan boshab
"Toshkent" Avtovokzalidan "Toshkent-Qizil O`rda" yo`nalishi soat 17:00ga;
"Toshkent-Almaty" yo`nalishiga soat 18:00ga tajriba sifatida reyslar ochilgan va chipta sotilishi yo`lga qo`yilgan.
Chipta narxlari – 200 000 so`mdan
Ma`lumot uchun telefon: (71) 207-87-00
Yo`lovchilar chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan sotib olishlari mumkin.






