AsosiyDunyo

Qozog`istonda pensiya va nafaqalar oshishi kutilmoqda

'Qozog`istonda pensiya va nafaqalar oshishi kutilmoqda'ning rasmi

"Qozog`iston Respublikasining 2022-2024 yillarga mo`ljallangan respublika budjeti to`g`risida"gi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi e`lon qilindi, deb xabar bermoqda Kazinform.

Qonun bilan 2022 yil 1 apreldan yangi hisob-kitob ko`rsatkichlarini belgilash rejalashtirmoqda.

Shunday qilib, davlat bazaviy pensiya to`lovining eng kam miqdori 20 191 tenge (hozirda 19 450 tenge), eng kam pensiya miqdori esa 48 032 tenge bo`ladi.

Qozog`iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq nafaqalar va boshqa ijtimoiy to`lovlarni hisoblash, shuningdek, penyalar, soliqlar va boshqa to`lovlarni qo`llash uchun oylik hisob-kitob ko`rsatkichi 3180 tengeni (hozirda 3063 tenge) tashkil etadi. Asosiy ijtimoiy to`lovlar miqdorini hisoblash uchun yashash minimumi esa 37 389 tengeni (hozirda 36 018 tenge) tashkil etadi.

Eslatib o`tamiz, loyiha 2022 yilning 21 apreliga qadar jamoatchilik muhokamasida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar