AsosiyJinoyat

Farg`ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi 4,3 mlrd. so`m miqdordagi ish haqi pullarinini qimor o`yinlariga tikib yubordi

'Farg`ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi 4,3 mlrd. so`m miqdordagi ish haqi pullarinini qimor o`yinlariga tikib yubordi'ning rasmi

Prokuratura idoralari tomonidan sport sohasiga yo`naltirilgan byudjet mablag`larining maqsadli sarflanishi ahvoli o`rganish jarayonida Farg`ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, u egallab turgan lavozimdan g`araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o`ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd. so`m ish haqi va ustama yozib olgan.

Shuningdek, kollej o`qituvilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln. so`m byudjet mablag`larini o`qituvchilarga bildirmasdan o`tkazib olgan.  

Bosh hisobchi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd. so`m mablag`larni internet tarmog`i orqali qimor o`yinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar