Bu haqda Zelenskiyning Yaponiya parlamentiga virtual tarzda murojaatidan so`ng ma`lum qilindi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiya parlamentiga virtual murojaatida qonunchilarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirishga chaqirdi.
Xorijiy nashrlarga tayanib Zamon.uz' buni yozmoqda.
Qayd etilishicha, Zelenskiyning nutqi yuzlab deputatlar, jumladan, Bosh vazir Fumio Kisida bilan gavjum bo`lgan parlament zalida jonli efirda namoyish etilgan.
Zelenskiy Yaponiyani Rossiyaga sanksiya qo`ygan birinchi Osiyo davlati bo`lganini olqishlagan va Tokiodan yanada uzoqroqqa borishni so`ragan. Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya bilan savdo-sotiqni taqiqlash va xorijiy kompaniyalar o`z sarmoyalarining Rossiyaga kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik kerak.
Shuningdek, Kiev rahbari Rossiyaning yadroviy va kimyoviy qurollardan foydalanish ehtimoli haqida ham xavotirda ekanini ma`lum qilgan.
Yaponiya tomon Ukrainani qo`llab-quvvatlashini bildirib, ukrainalik qochqinlarni qabul qilishga va`da bergani aytiladi.






