Bugun Toshkent xalqaro investisiya forumining yalpi sessiyasida prezident Shavkat Mirziyoev nutq so`zlaydi.
Ushbu tadbir haqida Janubiy Koreyaning etakchi ommaviy axborot vositalaridan biri bo`lgan "The Korea Herald" nashri ham maqola chop etdi.
Bugun boshlanib, 26 martga qadar o`tkazilishi kutilayotgan mazkur forum Koreya OAV nigohida shunday tavsiflangan:
"Xalqaro anjuman davomida O`zbekistonning investisiyaviy, savdo, sanoat, transport va tranzit salohiyati ochib beriladi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo`yicha navbatdagi tadbirlar haqida so`z boradi. Hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni rag`batlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo`nalishlaridagi ustuvor vazifalari belgilanadi".






