AsosiyJamiyat

Samarqandda fermer xo`jaligining er maydonini 9 nafar fuqaroga qariyb 50 ming dollarga sotgan firibgar aniqlandi

'Samarqandda fermer xo`jaligining er maydonini 9 nafar fuqaroga qariyb 50 ming dollarga sotgan firibgar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Toyloq tumani bo`linmasi bilan  tezkor tadbir o`tkazildi

Unda fuqaro A.Ya. “A.Yo.” fermer xo`jaligiga uzoq muddatga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 4,9 gektar er maydonini 9 nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun jami 49 800 AQSh dollariga sotib, ushbu pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar