Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyga televidenieda yarim kunlik ish taklif qildi. Bu haqda u telegram-kanalida yozgan.
"Zelenskiy qarshilikni to`xtatib, tinchlik muzokaralari stoliga o`tirish chaqirig`imizga javob berishi bilanoq, biz unga shunday imkoniyat beramiz. Hatto Grozniyda alohida shou tashkil qilishimiz ham mumkin", deb yozgan Qodirov.
Qodirovning so`zlariga ko`ra, bunday taklif hozirda Ukrainadagi maxsus operasiyada ishtirok etayotgan vatandoshining iltimosiga ko`ra kiritilgan.






