AsosiySport

Buyuk Britaniya va Irlandiya Evro-2028 mezbonligi uchun qo`shma ariza topshirdi

'Buyuk Britaniya va Irlandiya Evro-2028 mezbonligi uchun qo`shma ariza topshirdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya va Irlandiya Evro-2028 mezbonligi uchun birgalikda ariza topshirdi. Bu haqda The Atletic xabar bermoqda. 

UEFAga boshqa mamlakatlardan ariza kelib tushmagan. Shu tariqa, Buyuk Britaniya va Irlandiya nomzodi asosiy da`vogar sifatida qaralmoqda. 

“Ushbu noyob hamkorlik orqali biz tegishli keyingi qadamlarni tashlamoqdamiz va bizning maqsadimiz muxlislar va jamoalar uchun ajoyib futbol bayrami bo`ladigan Evropa chempionatini muvaffaqiyatli o`tkazishdir.

Biz Evro-2028 Buyuk Britaniya va Irlandiyada o`tkazilgan eng buyuk sport tadbirlaridan biri bo`lishiga ishonamiz”, - deyiladi qo`shma bayonotda.

Turkiya ushbu turnirga mezbonlik qilishdan manfaatdor ekani avvalroq xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar