AsosiyDunyo

Putin Rossiya gazni faqat rublda sotishini e`lon qildi

'Putin Rossiya gazni faqat rublda sotishini e`lon qildi'ning rasmi

Rossiya do`st bo`lmagan mamlakatlarga gaz etkazib berganlik uchun rublda hisob-kitob qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma`lum qildi.

"Men qisqa vaqt ichida to`lovlarni o`tkazish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaror qildim. Tabiiy gaz uchun do`stona bo`lmagan mamalakatlarga, etkazib beriladigan gaz uchun to`lovlarni rublga o`tkazamiz. Ya`ni hisob-kitoblarda o`zini oqlamagan barcha valyutalardan foydalanishdan voz kechamiz", - dedi Putin.

Putin Rossiya gaz etkazib berishni avvalroq tuzilgan shartnomalarda belgilangan hajmlarga muvofiq davom ettirishini tasdiqladi.

    Boshqa yangiliklar