“Katta dubulg`a” turkumiga kiruvchi turnirlarning uch karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi, avstraliyalik tennischi Eshli Barti kutilmaganda faoliyatini yakunladi. Bu haqda Daily Mail ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, tennischi shu kunga qadar 32 million dollarni turnirlardan qo`lga kiritgan. Shuningdek, 15 million dollarni turli reklamalar orqali ishlab topgan. Tennischi Avstraliya tarixidagi eng boy sportchi hisoblanadi. Eng boy sportchilar ro`yxatida esa 14-o`rinni egallab turibdi.
U kutilmaganda 25 yoshida faoliyatini yakunlashini ma`lum qildi. Endilikda u dunyoni kezishni va oilasiga ko`proq vaqt ajratishini ta`kidlagan.
Ma`lumot uchun, Barti 2019 yilda Rolan Garros, 2021 yilda Uimbldon va 2022-yilda Avstraliya Ochiq chempionatida g`olib chiqqan.






