Ijtimoiy tarmoqda "Nexia-3" avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi.
YHX xizmati holat bo`yicha ma`lumot berdi.
️2022 yil 21 mart kuni soat 10:25 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan A.I. Olmazor ko`chasi bo`ylab "Nexia-3" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko`chadagi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyodalar N.G`. va M.A.lar engil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
️Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv davom etib, tegishli hujjatlar to`planmoqda.






