Ertaga, 24 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so`zlaydi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi xabar berdi.
Tadbirda ETTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masasugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investisiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vise-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki vise-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporasiyasi vise-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.
Prezidentimiz ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikasiya masalalari bo`yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.
Bugun esa davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegasiyasini qabul qiladi.






