AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda «chupakabra»ni aholi tayoq bilan urib o`ldirgani aytilmoqda

'Qashqadaryoda «chupakabra»ni aholi tayoq bilan urib o`ldirgani aytilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 19 mart kuni aholi «chupakabra»ni tayoq bilan urib o`ldirgani haqida xabar tarqaldi. Bu holat yuzasidan «Ekologuz» Telegram kanali qo`shimcha ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, «Qamashi tumani To`qboy qishlog`ida chupakabra hayvonni tayoq bilan urib o`ldirdik», deb nomlangan videotasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Holat Qamashi tumani Ichki ishlar boshqarmasi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi MFY faollari ishtirokida o`rganilgan.

O`rganish davomida 19 mart kuni Qamashi tumani Odoqjonbuz MFY hududidagi qishloq xo`jaligi er maydoni sug`orish arig`i qirg`oq qismida 1 bosh tulki bolasining jonsiz tanasi yotgani aniqlangan. Holat joyida yurgan 1 nafar shaxsga videotasvir ko`rsatilib, voqea xaqida so`ralganda tulki bolasini qo`y- qo`zilarni hurkitib chiqqan vaqtida itlar tishlab o`ldirganini bildirgan.

Shuningdek, tulki bolasining juni qo`tir kasalligi sababli to`kilib ketgani, o`lik tanasini atrofdagi fuqarolar «Chupakabra hayvonni o`ldirdik» deb videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar