AsosiyJamiyat

Toshkentda nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazi ochildi  

'Toshkentda nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazi ochildi   'ning rasmi

Navro`z bayrami tadbirlari doirasida Toshkentda Nogironlar va nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.  

Ijtimoiy turizm assosiasiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu marosimda Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, Turizm va madaniy meros vazirligi, Ijtimoiy turizm assosiasiyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgani aytiladi.

Xo`sh, markaz nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qay darajada qo`llab-quvvatlaydi va ular uchun qanday xizmatlari ko`rsatadi?

Turizm va sport vazirligi bu haqda batafsil ma`lumot berdi.

 Unga ko`ra, nogironlar va nogironligi bo`lgan shaxslar tadbirkorlarini qo`llab-quvvatlash markazining asosiy vazifalari quyidagilar:

  •  inklyuziv turizmni rivojlantirish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish;
  •  nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko`maklashish;
  • ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  •  turistik obektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o`rganish;
  • Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog`istonda qulay turistik yo`nalishlarni rivojlantirish;
  • vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish.

Ma`lum qilinishicha, ushbu markaz "Toshkent – ​​24" uyidagi "Navro`z" etnoparkida joylashgan.

    Boshqa yangiliklar