"Qamchiq" dovonidan o`tgan avtomobil yo`lining 236-241 kilometrlari oralig`ida (ikki tunnel oralig`i) maydalab qor yog`moqda. Bu haqda YHXBB ma`lum qildi.
"Yo`l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me`yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so`ramoqda", - deyiladi xabarda.






