AsosiyJamiyat

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi Latviya—O`zbekiston qo`shma korxonasida yuzaga kelgan yong`in sabablari ma`lum qilindi

'Poytaxtning Yashnobod tumanidagi Latviya—O`zbekiston qo`shma korxonasida yuzaga kelgan yong`in sabablari ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Yashnobod tumani Elbek ko`chasidagi Zo`r TV orqasidagi binolardan birida katta yong`in chiqqani haqida xabar bergan edik. 

Favqulotda vaziyatlar vazirligi yong`in sabablari haqida ma`lumot berdi. 

Kuni kecha barchaning e`tiborini o`ziga tortgan va ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo`lgan poytaxtning Yashnobod tumanidagi "ORIENT LOGISTIK SENTER" MChJ qo`shma korxonasiga qarashli omborxonada yuz bergan yong`in murrakabligi, davomiyligi va maydoni nuqtai nazaridan o`ta jiddiy yong`in sifatida baholanmoqda.

Uni bartaraf etish uchun yigirmadan ziyod yong`in-qutqaruv avtotexnikasi, bir dona yong`in-qutqaruv poezdi va 6 dona suv tashish avtotexnikalari jalb etilgan. Yong`inni bartaraf etish ishlari bevosita Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan amalga oshirildi.

Yong`in 18 mart kuni taxminan soat 20 larda boshlangan bo`lsa, oradan salkam etti soat o`tib bartaraf etilgan.

Birlamchi tahlillarga ko`ra, mutaxassislar tomonidan yong`in omborxonada saqlanmasligi lozim bo`lgan yuk kutaruvchi mexanizasiyalashtirilgan transportning elektr tizimida  avariyaviy holat yuzaga kelganidan deb taxmin qilinib, uning katta maydonga tarqalishi va ko`p vaqt ichida davom etgani, ushbu omborxonada aralash holda ko`p miqdorda kanselyariya mahsulotlari, gul qog`ozlar, polietilen o`ram mahsulotlari, quruq efir moddasi, shuningdek omborxonada yong`in xavfsizligi talablariga zid ravishda me`yoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlanganligi sabab bo`lgan.  

Albatta, qattiq moddalar saqlanadigan omborxonalarga, norma va qoidalar bilan belgilangan talablar yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan omborxonalarga belgilangan talablar ancha farqlanadi. Negaki, bu kabi binolarda yong`in yuz berganda, yonuvchi suyuqliklar idishlardan oqib maydon bo`yicha tarqalishini, yonish jarayonida juda katta haroratning ajralishini va boshqa tasirlarni inobatga olgan holda loyxalashtiriladi.

Yuqorida  keltirilgan yong`inni kelib chiqish sabablari asosan tashkilot mutasadilari tomonidan ob`ektda har kunlik yong`in xavsizligi rejimini nazorat qilinmaganligi bilan bog`liq bo`lgan. Yuqorida keltirilgan tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi har kuni o`zgarib va almashib turgan.

    Boshqa yangiliklar