AsosiyJamiyat

"Nuroniylarimiz doimo yoshlarga o`rnak bo`lishi kerak". 85 yoshli chorvador Qobil bobo haqida eshitganmisiz?

'"Nuroniylarimiz doimo yoshlarga o`rnak bo`lishi kerak". 85 yoshli chorvador Qobil bobo haqida eshitganmisiz?'ning rasmi

Barcha islohotlarimizning mazmuni “Inson qadri uchun” tamoyilining mohiyatiga qaratilar ekan, bunda avvalo mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ularning muammolarini tizimli hal etish va roziligiga erishishdan iborat. Ayni shu maqsadda yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoevning mahalla tuzilmasini yangidan tashkil etish borasidagi Qarori qabul qilindi. Xalqona qadriyatlar, kattaga hurmat, kichikka izzat ko`rsatish va o`zaro oqibatli munosabatlar vositasida farovon turmushga erishish – bugun faoliyat boshlagan yangi tuzilmaning asosiy tamoyili desak, to`g`ri bo`ladi. Ana shu maqsadda Jizzax viloyatida mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlarning tashabbusi bilan tizimli tadbirlar tashkil etilmoqda.   

Forish tumanidagi Ilonli qishlog`ida istiqomat qiluvchi Qobil bobo Olqorov bu yil 85 yoshni qarshi oladi. O`tgan asrning ayni qahatchilik yillarida tug`ilib, umri tayoq ushlab, tuyoq orqasida o`tgan Qobil bobo yigitlik chog`idayoq chorvador bo`lib nom chiqargan, elda azizlik martabasiga erishgan. 44 yoshida “Mehnat qahramoni” unvoniga sazovor bo`lgan. Qarichilikning nuqsi yuzu ko`zda bilinsa-da, Qobil bobo bir vaqtlar ayni qishloq xo`jaligi sohasida ta`lim olgani, ongli umrini zahmatli mehnat bilan o`tganidan aslo armon qilmaydi, aksincha, hayotiy misollar vositasida buni yoshlarga tushuntirib berishdan aslo charchamaydi. Zotan, 10 farzandni oq yuvib oq taragan, 80 dan ziyod nevara-evaralarning bobosi bo`lgan Qobil boboning hayot haqiqati bugungi avlod uchun o`rnak, istiqbol qadamlariga mustahkam zamin.

Qobil bobo singari insonlar – oilalarimizning bebaho davlati, yurtimizning fayzi shukuhi. Nuroniylar tajribasini yoshlar tarbiyasi  uchun bog`cha yoshidanoq qo`llash, ularga to`g`ri yo`l ko`rsatishimiz kerak. Ayni mana shu mantiqqa asoslangan mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash tizimi yoshlar hayotining barcha bosqichlarini qamrab olgan. 

Vatanni  sevish, uni asrab  avaylash – bu endi o`zbekona tarbiyaning asosi. Nuroniy otaxon-onaxonlar va yoshlar suhbati Jizzax cho`llarini o`zlashtirish jarayonlari, Mustaqilligimizning ilk yillaridagi qiyinchiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamalakatimizda inson manfaatlarini ulug`lash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo`ldi. Qayd etish kerak, mahallalar taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasini zimmasiga oladigan katta avlod vakillarining sog`ligiga e`tiborqaratish, tetik va bardam yurishlariga ko`mak berish alohida tibbiy-ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. 

Eng muhimi,fikr bir joydan chiqsa, hamjihat bo`linsa, og`irliklar ortda qoladi. Hudud taraqqiyotida barometr bo`ladigan mahalla hayoti, Jizzax shahri Olmazor mahallasi misolida aytganda, rais boshchiligida hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi, profilaktika noziri hamda xotin-qizlar faolining o`zaro hamfikr ish olib borishlari bilan belgilanadi.

Tahlillar shuniko`rsatadiki, joylarda amalga oshirilgan ishlar barobarida fuqarlarni tashvishga solayotgan va echimini kutib turgan masalalar etarli. Misol uchun, Do`stlik tumanidagi 63 ta ko`pqavatli uylarda 888 ta, 23 ta eski barak uylarda 140 xonadon istiqomat qiladigan “Chinobod” mahallasi aholisi bilan muloqotlarda ko`pqavatli uylar atrofidagi infratuzilma ob`ektlari qurilishi nihoyasiga etkazilmaganligi ayon bo`ldi. Qars ikki qo`ldan chiqsagina, aholi kayfiyatidagi boqimandalik, e`tiborsizlik kayfiyati yo`qolsagina, tashabbuslar samarador bo`ladi.

Kompleks tadbirlar doirasida Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi boshchiligidagi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Arnasoy tumanidagi Chinobod va Bobur nomli, Zarbdordagi Andijon nomli qishloqlar kabi markazdan olis va eng chekka, sharoiti nisbatan og`ir 16 ta aholi yashash manzilida o`tkazgan o`rganishlari davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, aniqlangan 200 dan ziyod ijtimoiy muammolarga echim belgilandi.

Hayot va turmush muammolari echimiga qaratilgan ana shunday ishlar Sirdaryo viloyatida ham tatbiq etilmoqda. Mahalla va nuroniylarni qo`llab quvvatlash vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatitdagi o`tkir muammolar aniqlangan  20 dan ziyod olis hududlarida bo`lib, aholi bilan muloqotlar o`tkazdi. Odamlar ko`z o`ngida turmush uchun salbiy ta`sirga ega holatlarni tezda bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi. Misol uchun Sardoba tumanining markazdan uzoq “Fayzliobod” mahallasiga eltuvchi tuzukroq yo`lning o`zi yo`q, elektr ta`mirnoti esa lo`nda aytganda ta`mirtalab, ya`ni elektr ta`minoti ustunlari almashtirilishi, yuqori kuchlanish talab etiladigan joylardagi kam quvvatli nimstansiyalar almashtirilishi kerak. Bu ishlar mahalla mas`ullari va Prezident xalq qablxonalari nazorati ostida avgust oyigacha to`liq yakunlanadigan bo`ldi. Soatlar o`tmasdan ishlab boshlandi, qurilish materiallari keltirilib, ta`mirlash ishlari keng ko`lamda boshlab yuborildi. Avval 15 kilometrga yaqin ichki yo`llar va yana shuncha trotuarlar quriladigan bo`ldi. Bir vaqtning o`zida elektr va ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash bo`yicha ham ishlar boshlandi. 

Ha, sharqona tarbiya shunday – katta avlod doimo o`rnak bo`lishi kerak. Har biri yoshligida o`z kasbining ustasi bo`lib, katta tajriba to`plagan bu nuroniylarning yoshlarga aytar so`zi bor. 

Bugun yoshlar masalasida davlat tashabbuslari katta imkoniyatlarni taqdim etayotgani bor gap. Nuroniylarga e`tibor, yoshlr tarbiyasi va kelajagig mas`ullik, eng muhimi, aholi farovonligi. Mana shu ustuvor maqsadlar mahalla sharoitida yorqin istiqbol uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar