Finlyandiya qatorasiga beshinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati ro`yxatini boshqarmoqda, deyiladi World Happiness Report e`lon qilgan hisobot ma`ruzasida.
World Happiness Report hisoboti BMTning barqaror rivojlanish muammolarini hal etish yo`llarini qidirish muassasalari tomonidan tayyorlanib boradi. Unda dunyoning 146 ta mamlakati ishtirok etadi. Reyting tuzilishida umr ko`rish davomiyligi, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqa ko`rsatkichlar aks ettiriladi.
Baxtli mamlakatlar reytingi bo`yicha hisobot ilk bor 2012 yilda e`lon qilingan.
Eng baxtli mamlakatlar o`nligiga shuningdek, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Shvesiya, Norvegiya, Isroil va Yangi Zelandiya kiritildi. AQSh mazkur ro`yxatda 16, Buyuk Britaniya 17, Fransiya 20-o`rinlarda bo`ldi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng yaxshi ko`rsatkichlarni Litva va Estoniya qayd etdi. Aholisi baxtli yashashi borasida ushbu mamlakatlar 34 va 36-o`ringa munosib ko`rildi, Qozog`iston 40, Latviya 42, O`zbekiston 53, Moldova 62, Qirg`iziston 64, Belarus 65, Turkmaniston 78, Rossiya 80, Armaniston 82, Tojikiston 83, Ozarbayjon 92, Ukraina 98, Gruziya 105-o`rinlarni egalladi.
BMT hisob kitobicha, eng baxtsiz mamlakatlar ro`yxatini Afg`oniston va Livan boshqarmoqda.






