AsosiyJamiyat

Milliy palata tomonidan Turkiya tibbiyotining ilg`or tajribasi o`rganildi

'Milliy palata tomonidan Turkiya tibbiyotining ilg`or tajribasi o`rganildi'ning rasmi

Zamonaviy davolash usullarini o`rganish —O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasining asosiy vazifalaridan biridir. Uni bajarish maqsadida Milliy palata rahbari 2022 yil fevral oyi oxirida tarkibiga 34ta tibbiyot tashkilotlari kiradigan Medical Park (Turkiya) Klinikalari tarmog`ida ishni tashkillashtirish bilan tanishib chiqdi. Bu haqda Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi xabar berdi. 

Milliy palata raisi Rovshan Izamov va Medical Park rahbariyatining menejer Semr Syonmez rahbarligidagi a`zolari ishtirok etgan muzokaralar davomida tomonlar hamkorlik haqida Memorandum imzoladilar. 

Tashrif doirasida Klinikalar tarmog`ining ko`plab yo`nalishlarni o`z ichiga oladigan faoliyati bilan tanishuv amalga oshirildi. Medical Parkning Floria klinikasiga tashrif vaqtida ularning bir qatori, xususan, funksiyalar va harakatdagi chegaralanishlarni davolashning samarali usullariga ega zamonaviy fizioterapiya va reabilitasiya tizimi imkoniyatlari ko`rib chiqildi. Bunday chegaralanishlar bemorlarda har xil sabablarga ko`ra, jumladan, shikastlanish, mushaklardagi, nerv va suyak tizimlaridagi muammolar, nevrologik kasalliklar va boshqa sabablar tufayli paydo bo`ladi. To`laqonli harakat inson faolligining asosi sanaladi va Turk klinikasida insonga harakatlanish imkoniyatlarini qaytarib berishga yo`naltirilgan ilg`or tajriba ishlab chiqilgan.

Xususan, Milliy palata rahbari tayanch-harakat funksiyalari turlicha shikastlangan bemorlarda yurish ko`nikmalarini tiklashga mo`ljallangan robotlashtirilgan ekzoskelet qurilmasi imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Bu va boshqa usullarning dolzarbligini inobatga olgan holda O`zbekistonda qo`shma reabilitasiya markazi tashkil etish imkoniyatlari  muhokamasi bo`lib o`tdi.

Tibbiyotning yana bir eng zamonaviy yo`nalishlaridan biri — bu bemorlarni organlarni transplantasiya qilish yo`li bilan davolashdir. Xususan, bugun bu organ etishmovchiligining terminal bosqichini davolashning eng yaxshi uslubi hisoblanadi. Bu haqda professor Abuzer Derinchkan klinikaga tashrifi paytida so`zlab berdi. Zamonaviy texnologik infratuzilma barcha  yosh guruhidagi bemorlarda buyrak va jigarni transplantasiya qilishga imkon beradi. Ko`rsatmalar bo`yicha, bemorlarga, jumladan yosh bolalarga ham operasiyadan so`ng intensiv terapiyaning individual sharoitlari taqdim qilinishi mumkin. 

Transplantasiyadan keyin zarur bo`lgan murakkab davolash tadbirlari, ayniqsa, intervension tadbirlar gastroenterologiya klinikasida, EUZI, ERXPG va radiologiya klinikasida tajribali shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Transplantasiyani o`tkazgan bemor uchun eng muhimi — bu ko`chirib o`tkazilgan organlarning uzoq vaqt davomida funksiyada bo`lishi. Shu maqsadda operasiyadan keyingi kuzatuv va hayot tarzidagi muhim o`zgarishlar bo`yicha maslahatlar olib boriladi. 

Hozirgi kunda eng ko`p transplantasiya qilinadigan organ va to`qima sifatida buyrak, jigar, yurak, o`pka, oshqozon osti bezi, ingichka ichak, ilik, ko`z pardasi sanaladi. 

Ko`pincha aynan organlar transplantasiyasi bemorga yashab ketish imkonini  beradi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, muammoni erta tashxislash uchun operasiyadan keyin diqqat bilan kuzatuv talab etiladi. 

Zamonaviy tibbiyotda organizmga juda kichik (nuqtaga teng) vositalarni kiritish yo`li bilan amalga oshiriladigan tashxislash va davolash uslublarini o`z ichiga oladigan Intervension radiologiya juda keng qo`llaniladi. Bu kasallik haqida ochiq operasiyalarsiz va jarrohlik tashxis applikasiyalarisiz aniq ma`lumotlar olish imkonini beradi. Tashxislash va davolashda ntervension radiologiyaning eng ko`p qo`llaniladigan uslubi bo`lib angiografiya, ultratovush va kompyuter tomografiyasi kabi vizualizasiya uslublari sanaladi. Angiografiyani tomirlarni davolashning okklyuziya, ballonirovanie, qon ketishi kabi yurak tomirlaridan boshqa barcha turlarida qo`llash mumkin. 

Medical Park – Gaziosmanpasha («Gaziosmanpasha») klinikasiga tashrif davomida O`zbekiston vakilini Intervension radiologiya imkoniyatlari bilan klinika direktori Zuxal Chelibioglu va doktor Ilker Tosun tanishtirdilar. Ta`kidlanganidek, bugun ushbu uslub yordamida tananing turli qismlaridagi o`smalarni, venaning varikoz kengayishini, jigar rakini va boshqa yana bir qator kasalliklarni davolash mumkin. 

Shu erning o`zida professorlar Djem Dene va Songyul Sarefxanoglu ishtirokida zamonaviy gematologiyaning qonning, shuningdek qon ishlab chiqilishida rol o`ynaydigan organlarning, jumladan limfatik organlarning, taloqning ilikning kasallanishi bilan bilan bog`liq imkoniyatlari haqida fikrlar almashildi. Mazkur yo`nalishning murakkabligi inobatga olingan holda Turkiya Klinikalar tarmog`ida gematolog-mutaxassislarini tayyorlash umumiy hisobda 13 yil o`qishni, jumladan 3 yil mutaxassislikka ega bo`lish davrini o`z ichiga oladi. 

Gematologiya fanlararo yondashuvni, jumladan, tibbiy va radiasiya onkologiyasi bilan hamkorlikni talab qiladigan sog`a sanaladi. Gematologik kasalliklarni zamonaviy davolashda ilik transplantasiyasi muhim rol o`ynaydi. Shunday ekan, buning uchun bunaqangi davolash olib boriladigan shifoxonada to`liq jihozlangan bo`linma va tajribali komanda bo`lishi juda muhim.

Yana bir tibbiyot tarmog`i — Goztepe («Geztepe»)ga tashrifiga va uning direktori Serdali Shirin va professor neyroxirurg Tyurker Klch bilan suhbat «Gamma-noj» («Gamma-pichoq») deb ataluvchi zamonaviy davolash uusli bilan tanishuvga bag`ishlangan.

«Gamma-noj» — bu neyroxirurglarga bosh miyaning patologik qismini hech qanaqangi kesmasdan operasiya qilish imkonini beradigan zamonaviy davolash usuli. Ushbu usulda stereotaksik radioxirurgiya qo`llaniladi. Uni qo`llash bosh miyaning uyg`unlangan shikastlangan to`qimalarini gamma-nurlar yordamida yo`q qilinishi ta`minlaydi. Unday davolash bir seansda yakunlanadi va ochiq neyroxirurgiyani qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qo`llash katta xavf tug`diradigan hollarda qo`l keladi. 

Bahchelievler («Baxchelievler») klinikasiga tashrif paytida bu erda yurak-qon tomir jarrohligida qo`llaniladigan innovasiyalar bilan tanishuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Rovshan Izamovning professor Ibraxim Chinar Bayar bilan uchrashuvi jarayonida so`z yuritildi. 

Ta`kidlanganidek, bugun yurak-qon tomir kasalliklari dunyodagi, shu jumladan, Turkiyadagi o`lim sabablarining aksariyatini tashkil etadi. Bunda, tibbiyotning yutuqlari tufayli endi muntazam ko`rikdan o`tib turganlarda kasallikni erta tashxislash mumkin. 

So`ngi yillarda qo`llanilayotgan uslublar yurak-qon tomir tizimining ahvolini nisbatan aniq o`rganish imkonini beradi, demak, insonga beriladigan yordam samaraliroq bo`ladi. Xususan, Klinikada qo`llaniladigan kompyuterlashtirilgan CGM Test klassik EKGga nisbatan barvaqtroq yurak xuruji xavfidan ogohlantira oladi. 3D-EKG kabi tanilgan CGM (kardiogoniometriya) ham yurak va yurakka olib boruvchi tomirlarning uch o`lchovli elektr faolligini o`lchaydi va tasvirlaydi. Bunda, 4-5 daqiqalik davolash jarayonida bemorlar radiasiya yoki qandaydir kimyoviy moddalar ta`siriga duch kelmaydi. 

Arteriyadagi qon oqimini aniqlashni bugun Testa LPI yordamida amalga oshirish mumkin. U asosan, qo`l yoki oyoqlarni oziqlantirib turadigan arteriyalarning torayishi, va bunda shikastlangan qo`l-oyoqlarda qon aylanishining buzilish kuzatiladigan pereferik kasalliklarni tashxislash uchun qo`llaniladi. Mazkur tadqiqotda arteriyalardagi qon oqimini aniqlash, uni ko`rinadigan va eshitiladigan qilish imkonini beruvchi dopplerografiya qo`llaniladi. 

Yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini muhokama qilish jarayonida koronar angiografiya, koronar shuntirovanie usullari, tegishli yurak klapanini tiklash yoki almashtirish bo`yicha operasiyalar, aorta anevrizmlari jarrohligi ko`rib chiqildi. 

Klinikalarga tashrif davomida ularning rak kasalliklarini davolash bo`yicha imkoniyatlari ham ko`rib chiqildi. Onkolog Savash Tuna ta`kidlaganidek, bugun radiasiya onkologiyasida yangi avlod nur terapiyasi — hajmli yoysimon terapiya texnologiyasini qo`llash imkoniyati mavjud. Shuningdek, PET-KTni qo`llash kasallangan qismni aniqroq ko`rish imkonini beradi. Klinikalar tarmog`ining radiasiya onkologiya bo`linmalarida barcha uskunalar o`zaro ma`lumot almasha oladi. Bu rakni davolashda xatolarni minimum darajasiga olib keladi.         

Radiasiya onkologiyasi rak to`qimalariga ionlashtirilgan nurlanish ta`sirini qo`llaydi. U davolash jarayonlari nurlashni qo`llash bilan olib boriladigan radioxirurgiya va nur terapiyasiga bo`linadi. Mutaxassislarning bergan ma`lumotlariga ko`ra, barcha rak bilan kasallangan bemorlarning 70 foizigacha qismi davolanishning har qanday bosqichida nur terapiyasiga muhtoj bo`ladi. 

Davolashning samaradorligida mutaxassislarning malakasi katta rol o`ynashi ta`kidlangan. Xususan, bu sohada ishlaydigan Klinikalar tarmog`i shifokorlari nur terapiyasini qo`llash bilan bog`liq barcha jismoniy va radiobiologik jarayonlar haqida ma`lumotlarga ega bo`ladi. 

Belgilanadigan davolash rejasi doirasidagi zarur davolash jarayonlarni bajarish ustida tajribali onkolog-radiologlardan tashqari texnik-radiologlar ham ishlaydilar. Ular davolashda qo`llaniladigan nur terapiyasi uskunalarining texnik xizmatini ta`minlaydi. Tibbiyot onkolog-hamshiralari radiasiya onkologiyasi bo`yicha maxsus tayyorgarlikdan o`tadi. Ularning vazifasiga bemorlarni nur terapiyasi prinsiplari haqida, davolanishga talablar haqida, salbiy oqibatlarni kamaytirish usullari haqida xabardor etib turish ham kiradi. 

Shuni ta`kidlaymizki, imzolangan Memorandum doirasida Milliy palata tomonidan O`zbekistonning turli hududlaridagi bemorlarni tashxislash va davolashga Klinikalar tarmog`i shifokorlarini xayriya asosida jalb etish, ilg`or tibbiy tajriba almashish, Turkiyaning ilg`or tibbiyot muassasalarida vatanimiz mutaxassislarining stajirovkasini tashkil etish bo`yicha yaqin hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar