Ijtimoiy tarmoqlarda "Asalhoney" nomi bilan tanilgan insta-bloger o`z uyida o`ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlanishicha, joriy yil 18 mart kuni Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasidagi uyda A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Natijalari haqida qo`shimcha xabar qilinadi.






