AsosiyDunyo

Fors ko`rfazida avtomobillar ortilgan yuk kemasi cho`kib ketdi

'Fors ko`rfazida avtomobillar ortilgan yuk kemasi cho`kib ketdi'ning rasmi

Fors ko`rfazida BAA bayrog`i ostida suzgan yuk kemasi cho`kib ketdi, kema ekipajini qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda San Francisco Chronicle agentligi ma`lum qildi. 

Birlashgan Arab Amirliklari bayrog`i ostida suzgan "Al Salmy6" yuk kemasi payshanba kuni Eronning janubiy qirg`oqlari yaqinida cho`kib ketdi. Bu haqda BAA rasmiylari ma`lum qildi. 

Hodisaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan. Qutqaruvchilar uning 30 nafar ekipaj a`zosini qidirishga kirishgan. Kemaga egalik qiluvchi Salem Al Makrani Cargo kompaniyasining operasion menejeri kapitan Nizar Kadduraning aytishicha, bo`ronli ob-havo tufayli kema suvga cho`kib ketgan. 

Rasmiylarning ta`kidlashicha, Erondan jo`natilgan qutqaruvchilar ekipajning 16 a`zosini muvaffaqiyatli qutqarib qolingan. 

    Boshqa yangiliklar