AsosiyDunyo

Vashingtonda Afg`oniston elchixonasi o`z faoliyatini to`xtatdi

'Vashingtonda Afg`oniston elchixonasi o`z faoliyatini to`xtatdi'ning rasmi

Afg`onistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-York hamda Los-Anjelesdagi konsulligi o`z faoliyatini to`xtatdi. Bu haqda Pajhwok manbasiga tayangan holda Zamon xabar bermoqda. 

Diplomatik vakolatxonalar yopilishiga moliyaviy manbalarning ajratilmagani sabab bo`lgan. AQSh administrasiyasi tomonidan elchixona bank hisob raqamlarining muzlatib qo`yilishi moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo`lgan.

Afg`on diplomatlari AQSh davlat departamentiga yordam so`rab murojaat qilgan. Shuningdek, Vena konvesiyasiga asosan hukumatga diplomatik missiya binolarini saqlash taklif qilingan.

Xabarda qo`shimcha qilinishicha, diplomatik faoliyat 16 mart kuni to`xtatilgani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar