AsosiyDunyo

Tojikiston O`zbekiston COVID-sertifikatlarini rasman tan oladi

'Tojikiston O`zbekiston COVID-sertifikatlarini rasman tan oladi'ning rasmi

Joriy yilning 15 martidan boshlab Tojikiston-O`zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o`tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o`tkaziladi.

Ma`lum qilinishicha, yuqumli kasalliklar nazorati faqat COVID-19 infeksiyasiga qarshi to`liq emlanganlik to`g`risidagi guvohnomani taqdim etish asosida, ya`ni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi bo`yicha virusologik tekshiruvsiz amalga oshiriladi.

Respublika shtabi tomonidan qabul qilingan qarorga ko`ra, O`zbekiston sog`liqni saqlash organlari va muassasalari, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari tomonidan COVID-19ga qarshi emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlar rasman tan olinadi.

    Boshqa yangiliklar