AsosiyJamiyat

"Qurbon bor!" Andijondagi shifoxonada sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'"Qurbon bor!" Andijondagi shifoxonada sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun, bugun, 11fevral kuni soat 11:30 da Andijon  viloyati Shaxrixon tumani “Qoraqo`rpa” MFY Chinobod ko`chasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida portlash sodir bo`ldi.

FVVning taqdim etgan qo`shimcha ma`lumotlariga ko`ra, shifoxonada havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast etgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi zudlik bilan etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to`rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari etib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar