AsosiyJamiyat

Tadbirkorlar o`rtasida so`rovnoma o`tkazilmoqda

'Tadbirkorlar o`rtasida so`rovnoma o`tkazilmoqda'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, qo`mita tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida so`rovnoma o`tkazilmoqda. So`rovnoma xususiy sektorlarga berilgan eksklyuziv huquqlarni aniqlash va tovar bozorlaridagi mavjud to`siqlarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan.

Bozorlardagi jiddiy to`siq va muammolarni aniqlash, monopoliyaning ayrim turlariga barham berishga xizmat qiladigan mazkur so`rovnomada faol ishtirok etishingizni so`raymiz, deyiladi xabarda.

So`rovnomada ishtirok etish uchun ushbu havolaga kirasiz.

    Boshqa yangiliklar