AsosiyJamiyat

Ruslanbek Davletov: "Energetika vazirligida ikki nafar xodimdan iborat boshqarma bor. Bizda ijrochilar kam, rahbarlar ko`p"

'Ruslanbek Davletov: "Energetika vazirligida ikki nafar xodimdan iborat boshqarma bor. Bizda ijrochilar kam, rahbarlar ko`p"'ning rasmi

"Garvard" standartlariga ko`ra, tashkilotlarda etti xodimga bir rahbar bo`lishi lozim. Biroq O`zbekistonda bitta xodimga kerak bo`lsa ikkita rahbar to`g`ri kelmoqda. Bu haqda bugun Adliya vazirligida jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan hisobot uchrashuvida Ruslanbek Davletov ma`lum qildi. 

"Boshliqlar va ijorchilarning bir-biriga nisbati bor. Bu ilmiy asoslangan, Garvardning standartlari bor: birga etti bo`lishi kerak. Ya`ni, bir rahbarga etti xodim bo`lishi standart hisoblanadi. Rahbar boshqachasini boshqara olmaydi. Chunki, xotirasi, imkoniyati etmaydi. Bizda bittaga uchta ham to`g`ri kelmayapti. Aksincha, qariyb bitta ijorichiga ikkita rahbar to`g`ri kelyapti. Masalan, Energetika vazirligida ikki nafar xodimdan iborat boshqarma bor. Ammo bo`limida esa to`rt xodim ishlaydi. Bu kabi misollarni ko`plab keltirish mumkin. Bizda ijrochilar kam, rahbarlar ko`p.  — deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

Shuningdek, vazirning ta`kidlashicha, vazifa va vakolatlari bir xil va takror bo`lgan ko`plab tashkilot va idoralar mavjud. Ularni qayta ko`rib chiqish va imkon qadar optimallashtirish lozim. 

    Boshqa yangiliklar