AsosiyDunyo

Yangi Zelandiyada ham koronavirusga qarshi cheklovlar bekor qilinadi

'Yangi Zelandiyada ham koronavirusga qarshi cheklovlar bekor qilinadi'ning rasmi

Yangi Zelandiyada koronavirusga qarshi cheklovlar bekorp qilinadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning aytishicha, Avstraliyada emlangan yangi zelandiyaliklar 27-fevraldan, boshqa davlatlarda emlangan fuqarolari esa 13-martdan uylariga qaytishlari mumkin. 

Barcha sayohatchilar 10 kun davomida o`zini izolyasiya qilishlari kerak.

Yangi Zelandiya hukumati 12 apreldan boshlab 5 ming nafargacha xorijlik talabalarni mamlakatga kiritishni rejalashtirgan. Avstraliyaliklar va odatda Yangi Zelandiyaga vizasiz kirishlari mumkin bo`lgan boshqa barcha mehmonlar iyulm oyidan mamlakatga kirishlari kutilmoqda. O

Yangi Zelandiyaning chegaralari pandemiya sababli qariyb ikki yildan buyon yopiq edi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri deyarli deyarli 17 ming kishi kovidga chalingan, 53 kishi kasallikdan o`lgan.

    Boshqa yangiliklar