AsosiySport

2020 yilda Evropada eng ko`p daromad ko`rgan jamoalar nomi e`lon qilindi

'2020 yilda Evropada eng ko`p daromad ko`rgan jamoalar nomi e`lon qilindi'ning rasmi

UEFA Evropa klublarining 2020-moliya yili uchun moliyaviy ahvoli bo`yicha hisobotini e`lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda

Bu davrda eng ko`p daromad olgan "Barselona" - 730 million evro. Ikkinchi o`rinda "Real" (715 million), uchinchi o`rinda "Bavariya" (634 million).

Rossiyaning “Zenit” klubi kuchli yigirmatalikka kirdi. Piterliklar 214 million evro daromad bilan 17-o`rinda (shundan 163 tasi homiylik va tijorat daromadlari).

Top 20 ta klubning aksariyat daromadlari 2019 moliyaviy yil bilan solishtirganda kamaygan. 

2020 yildagi daromadlar bo`yicha Evropaning top-20 klubi:

1. «Barselona», Ispaniya – 730 mln evro;

2. «Real», Ispaniya – 715 mln;

3. «Bavariya», Germaniya – 634 mln;

4. «Manchester Yunayted», Angliya – 580 mln;

5. «PSJ», Fransiya – 560 mln;

6. «Liverpul», Angliya – 559 mln;

7. «Manchester Siti», Angliya – 553 mln;

8. «Chelsi», Angliya – 465 mln;

9. «Tottenxem», Angliya – 459 mln;

10. «Yuventus», Italiya – 401 mln;

11. «Arsenal», Angliya – 389 mln;

12. «Borussiya» Dortmund, Germaniya – 371 mln;

13. «Atletiko», Ispaniya – 332 mln;

14. «Inter», Italiya – 302 mln;

15. «RB Leypsig», Germaniya – 278 mln;

16. «Volfsburg», Germaniya – 219 mln;

17. «Zenit», Rossiya – 214 mln;

18. «Everton», Angliya – 212 mln;

19. «Valensiya», Ispaniya – 210 mln;

20. «Lion», Fransiya – 194 mln.

    Boshqa yangiliklar