AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 15 kunda haydovchilik guvohnomasini olib beradigan "hojatbaror"lar qo`lga tushdi

'Sirdaryoda 15 kunda haydovchilik guvohnomasini olib beradigan "hojatbaror"lar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Guliston tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.B. boshqa bir fuqaro M.ga o`quv darslari va imtihonga qatnashmasdan “S.” ismli tanishi orqali “V, S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 15 kun muddatda olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, uning sherigi M.Sh. 250 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar