AsosiyJamiyat

TATU mas`ullarining xatosi tufayli talabalar yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so`mdan ortiq pul to`lashi mumkinligi holati o`rganilmoqda

'TATU mas`ullarining xatosi tufayli talabalar yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so`mdan ortiq pul to`lashi mumkinligi holati o`rganilmoqda'ning rasmi

Kecha, 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda TATU mas`ullarining xatosi tufayli talabalar bo`lib o`tgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so`mdan ortiq pul to`lashi mumkinligi haqidagi e`tirozli xabar tarqaldi.

Bugun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida mazkur masalani o`rganish bo`yicha mas`ullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi, deya xabar bermoqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati. 

Holat ishchi guruh tomonidan ob`ektiv va batafsil o`rganiladi hamda natijasi bo`yicha  ma`lumot vazirlik rasmiy manbalari orqali qo`shimcha e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar