Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi nayrang fosh bo`ldi.
Tezkor tadbir davomida, xorijdan keltirilgan yuk konteynerida hujjatlarda ko`rsatilganidek “rezina qo`lqoplar” emas, balki yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, qiymati 1,5 mlrd. so`mlik 340 760 dona “qurilishda ishlatiladigan trikotaj qo`lqoplar” tovarlari borligi aniqlandi.
Ushbu tovarlarga nisbatan 394,5 million so`m bojxona to`lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur tovarlar belgilangan tartibda saqlovga olinib, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






