AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro ustidan benzin sepib, o`zini yoqib yubordi

'Buxoroda fuqaro ustidan benzin sepib, o`zini yoqib yubordi'ning rasmi

Buxoro shahrida 1 fevral kuni qurilish korxonasidan 150 million so`m pulini ololmagan erkak o`zini yoqib yubordi. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2022 yil 01 fevral kuni viloyat IIB navbatchilik qismiga fuqaro F.H. o`zini yoqib, tan jarohati olib,  RShTYoIM Buxoro filialiga murojaat qilganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.  

Hodisa joyiga viloyat prokurorining o`rinbosari, viloyat prokuraturasi bo`lim boshlig`i, Buxoro shahar prokurori  va IIO FMB boshlig`i hamda tergov - tezkor guruhi chiqishdi.

Aniqlanishicha, Peshko` tumanida yashovchi F.H. 2021 yil mart oyida quruvchi R.Shga uy olish maqsadida 150 mln. so`m  pul mablag`larini bergan. Lekin R.Sh. uyni rasmiylashtirib bermaganligi sababli, pul mablag`larini qaytarishni so`rab, 2022 yil 01 fevral  kuni takroran murojaat qilgan, R.Sh.dan rad javobini olinganidan so`ng, shu kuni soat 14:10 larda Buxoro shahar,  “Furqat” mahalla fuqarolar yig`ini hududida o`zini ustidan benzin sepib, yoqib, o`z joniga suiqasd qilgan.  

To`plangan hujjatlarga ko`ra, F.H. o`zini yoqib yuborgan paytida yonida o`g`li Z.A. bo`lganligi ma`lum bo`ldi.  

Tibbiyot muassasasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, F.H tanasining 50 foiz qismi kuyganligi ko`rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. 

    Boshqa yangiliklar