AsosiyDunyo

Fransiyada "Covid" bilan bog`liq bir qancha cheklovlar bekor qilindi

'Fransiyada "Covid" bilan bog`liq bir qancha cheklovlar bekor qilindi'ning rasmi

Fransiyada kecha, chorshanba kuni  koronavirus bilan bog`liq ayrim cheklovlar bekor qilindi. Ulardan biri endi ko`chalarda niqob taqish shart emas. Hattoki liftlarda, ochiq bozorlar va maktab hovlilarda ham. Shu bilan birga, xonadonda bo`lishi mumkin bo`lgan odamlar soniga ham endi cheklov yo`q.

"Hali bu haqda xabardor emasdim. Lekin bu juda yaxshi. Axir, ko`chadagi niqob hali ham foydasiz, albatta, odamlar ko`p bo`lgan bozorlarni hisobga olmaganda. Biroq agar siz shunchaki ko`chada yursangiz, u erda niqob nima uchun kerak, buni ham bilmayman",-deydi mahalliy aholi.

Taxminan ikki hafta ichida fransuzlar  yangi imtiyozlarni ko`radilar: diskotekalar qayta ochiladi va barlarda ichish mumkin bo`ladi.

Shu bilan birga, vaksina ruxsatnomasi o`z kuchini saqlab qoladi: faqat emlanganlar, kasal bo`lganlar yoki emlashdan tibbiy ozod qilinganlar ijtimoiy tadbirlar, sport zallari va restoranlarga kirishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar