2021 yil yakunlariga ko`ra, Qirg`izistonda 7000 dan ortiq oilaviy zo`ravonlik holatlari aniqlangan. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar berdi.
Mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi salomatlikni mustahkamlash va ommaviy kommunikasiyalar markazi ushbu muammo haqida video lavha tayyorladi.
"Oiladagi zo`ravonlik haqida gapirish uyat emas. Aksincha, muammoni jim kuzatish xavfli, chunki oiladagi navbatdagi janjal qaytarib bo`lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Salbiy tendensiyani faqat birgalikda to`xtata olamiz", - deydi markaz vakillaridan biri.






