Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Jahon chempionati saralashidagi gollar bo`yicha sobiq sherigi Lionel Messidan o`zib ketdi.
Unda aytilishicha, Suares Venesuela darvozasiga to`p yo`lladi hamja jahon chempionati saralash bosqichidagi 28-golini urdi. Natijada, Luis 27 ta goli bor Lionel Messidan o`tib, Janubiy Amerikada birinchi o`ringa chiqdi.
Shuningdek, Suares eronlik Karim Bageri bilan tenglashib, 4-o`rinni bo`lishib turibdi. Uning hisobida ham 28 ta gol bor.
Gvatemalalik hujumchi Karlos Ruis 39 ta gol bilan saralash o`yinlarida gol urish bo`yicha peshqadam bo`lib turibdi. Kuchli uchlikka portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va eronlik Ali Dai ham o`rin olgan.






