Yaponiya poytaxti Tokioda so`nggi 24 soat ichida rekord darajadagi COVID-19 koronavirusini yuqtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, oxirgi sutkada 21,500 dan ortiq kishi koronavirus yuqtirib olgan. Bu o`tgan juma kuni o`rnatilgan oldingi rekorddan deyarli 4,000 ga ko`p. Tokioda pandemiyaning butun davrida birinchi marta kuniga infeksiyalar soni 20 mingdan oshdi.
Avvalroq shaharda "omikron" shtammi tufayli kasallanish holatlari ko`payishiga qarshi kurash bo`yicha kuchaytirilgan kampaniya kuchaytiruvchi dozalar bilan emlashni tezlashtirish uchun maxsus markaz ochilgani xabar qilingandi. Ushbu markazda 18 yoshdan oshgan odamlar Moderna vaksinasining uchinchi dozasini olishlari mumkin.
Yil boshidan buyon butun mamlakat bo`ylab COVID-19 bilan kasallanish darajasi o`sib bormoqda, xususan, 31-yanvarm holatiga ko`ra, 85 mingta infeksiya holati qayd etilgan, bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko`rsatkichdir.






