AsosiyJamiyat

Avia hamda poezd chiptalari uchun 50 foizlik chegirma saqlab qolinadi

'Avia hamda poezd chiptalari uchun 50 foizlik chegirma saqlab qolinadi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalari, akademik lisey va professional ta`lim muassasalari talabalari hamda o`quvchilari uchun avia hamda poezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Bunda, Transport vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta`lim muassasalari talabalari hamda akademik lisey va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari tomonidan avia hamda poezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.

Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yo`lga qo`yiladi.

"Umuman, hech bir o`quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi.

Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining “Omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo`lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar