"Barselona" klubi Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolanganini rasman ma`lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Unda aytilishicha, gabonlik 32 yoshli hujumchi erkin agent sifatida "Arsenal"ni tark etgan. Obameyang "Barselona" bilan 2025 yilga qadar mo`jallangan shartnomaga imzo chekdi. Futbolchining tovon puli miqdori – 100 million evroni tashkil qiladi.
Ma`lumot uchun, Obameyang "Arsenal" safida APL joriy mavsumida safida 14 o`yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.






