Yig`ilishda yangi ko`p qavatli uy-joylar loyihasida sanitar-gigienik talablar asosida zamonaviy chiqindi yig`ish shoxobchalari qurish talabi shaharsozlik normalariga kiritilishi zarurligi ta`kidlandi.
Shuningdek, hududlar rahbarlariga resursini o`tab bo`lgan maishiy chiqindi poligonlarini (jami 165 gektar maydonda 24 ta) 1 mayga qadar ko`mish choralarini ko`rish topshirildi.
Mutasaddilarga poligonlarni rekultivasiya qilish dasturini ishlab chiqib, tegishli ishlarni boshlashga topshiriq berildi.
Umuman, kelgusi yildan poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga solish bo`yicha aniq moliyaviy manbalarini ko`rsatgan holda qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Bir oy muddatda Ohangaron tumanida Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokidagi 30 gektar maydonda poligon tashkil etish bo`yicha 17 million dollarlik loyiha doirasidagi qurilishni boshlashga ko`rsatma berildi.






