"O`zgidromet" markazning xabar berishicha, joriy yilning 4-7 fevral kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so`ngra Volga bo`yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-6 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi, jumladan:
4 fevralda Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6 fevralda Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 fevral Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg`ir yog`adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.
Tog`li hududlarda 6-7 fevralda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin.






