AsosiyJamiyat

Rossiyada turib O`zbekiston aholisiga nisbatan haqoratomuz gaplar aytgan fuqaro bo`yicha ekspertiza tayinlandi

'Rossiyada turib O`zbekiston aholisiga nisbatan haqoratomuz gaplar aytgan fuqaro bo`yicha ekspertiza tayinlandi'ning rasmi

"XORAZM ONLINE” You Tube ijtimoiy kanalida noma`lum shaxs yurtimiz aholisiga nisbatan haqoratomuz gaplar bilan murojaat qilgan videolavha joylashtirilgan. Bunga javoban, jamoatchilik faoli A.Avezov, ushbu fuqaro aniqlanib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Shundan so`ng holat o`rganildi deya xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati. 

O`rganish natijasida, milliy sha`n va inson qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan mazkur videolavhani tayyorlagan shaxs 1986 yilda tug`ilgan, O`zbekiston Respublikasining fuqarosi M.A. ekanligi hamda o`tgan yilning may oyidan buyon Rossiya Federasiyasida yashab kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu videolavhada milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo`zg`atish hamda aholi guruhlari o`rtasida nifoq keltirib chiqarish maqsadi bo`lganligini  inobatga olgan holda M.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun «Sudga oid siyosatshunoslik va lingvistika» ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertiza natijalariga ko`ra, shaxsning harakatlariga huquqiy baho berilib, jamoatchilikka e`lon qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar