AOKAda o`tkazilgan brifingda Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo`jaeva Respublikada oziq-ovqat mahsuloti ta`minoti va xavfsizligini ta`minlash yo`nalashidagi ishlar borasida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etilib, viloyatlar tomonidan bozorlarga keltirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari savdosi uchun barcha shart-sharoitlar (bepul rastalar, tarozi, saqlash omborxonalari) yaratib berildi.
Ushbu bozor yarmarkalari 2022 yil 1 mayga qadar davom ettirilib, 75,5 ming tn mahsulot bozorlarga etkazib berilishi kutilmoqda. Jumladan:
- kartoshka - 20 ming tn
- piyoz - 8 ming tn
- sabzi - 7 ming tn
- sabzavotlar - 12 ming tn
- mol go`shti - 5 ming tn
- qo`y go`shti - 2 ming tn
- tovuq go`shti - 1,3 ming tn
- baliq - 1 ming tn
- tuxum - 1,2 mlrd dona
- guruch - 6 ming tn
- mevalar - 8 ming tn
- poliz - 5 ming tn
- asal - 300 tn
- konservalar - 250 tn
Bugungi kunda yarmarkalardagi o`rtacha narxlar quyidagicha:
- kartoshka 3500-3700;
- sabzi 3000 so`m;
- piyoz 2000 so`m;
- meva-uzum 7500-12000 so`m;
- mol go`shti 55 000 so`m;
- qo`y go`shti 58000 so`m;
- tovuq go`shti 21 ming so`m;
- tuxum 700-1000 so`m;
- baliq 39 000 so`m (karp 39000, oq do`ngpeshona 18750, oq amur 35000, afrika laqqasi 20000, forel 65000, osyotr 60000 so`m);
- guruch 7000-11000 so`m.






