2022 yil 1 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 225110 (+1087) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
41 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
30 nafari Andijon viloyatida,
30 nafari Buxoro viloyatida,
27 nafari Jizzax viloyatida,
33 nafari Qashqadaryo viloyatida,
18 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
63 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Sirdaryo viloyatida,
39 nafari Surxondaryo viloyatida,
71 nafari Farg`ona viloyatida,
12 nafari Xorazm viloyatida,
114 nafari Toshkent viloyatida,
589 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,
Buxoro viloyatida 25 nafar,
Jizzax viloyatida 10 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
Navoiy viloyatida 21 nafar,
Namangan viloyatida 8 nafar,
Samarqand viloyatida 56 nafar,
Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
Farg`ona viloyatida 86 nafar,
Xorazm viloyatida 18 nafar,
Toshkent viloyatida 21 nafar,
Toshkent shahrida 34 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 210647 (+301) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1571 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 209 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






