3 fevral erta tong Toshkentda G3 darajaga ega 5 ballik magnit bo`ronlari kuzatiladi. Buni ob-havo o`zgarishlariga ta`sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi. Bu haqda O`zgidromet etakchi mutaxasisi Abdulahatov Erkin xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 3 fevral kechasi va 4 fevral kuni magnit bo`roni o`zining passivroq holatiga qaytadi.
Magnit bo`roning G3 darajadagi yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko`kat mahsulotlarini kiritish, iste`mol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo`ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og`rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko`proq o`tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig`ida yuqoridagi omilni o`zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo`riqish tavsiya etilmaydi.






