AsosiyJinoyat

Samarqandda xo`roz urishtirish uchun tashkil qilingan “arena” aniqlandi (video)

'Samarqandda xo`roz urishtirish uchun tashkil qilingan “arena” aniqlandi (video)'ning rasmi

Urgut tumani bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, unda Urgut shahrining Guliston ko`chasida yashovchi 38 yoshli fuqaro, Urgut shahri Navbog` mahallasi “Navoiyshoh” ko`chasida joylashgan uylarning birida “arena” tashkil qilib, xo`rozlarni pul evaziga urishtirayotgani va qimor o`yini o`tkazayotgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, surishtiruvlar davomida 30 nafar fuqaro o`zlariga tegishli bo`lgan xo`rozlarini urishtirish maqsadida olib kelganligi ma`lum bo`ldi va belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

“Xo`roz urishtirish arenasi”ga janglarni tomosha kilish uchun 400 nafardan ortiq fukarolar kelgan va ular orasida 35 nafar voyaga etmaganlar ham borligi ma`lum bo`ldi.  

Tashkilotchining yonidan tomoshaga tashrif buyurgan fuqarolardan yig`ib olingan jami 5.726.000 so`m miqdordagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 111-hamda 191-moddalariga asosan “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil qilish va ularda ishtirok etish katta miqdorda jarima solinishiga va ma`lum muddatga qamoqqa olishga sabab bo`lishi belgilangan”.

    Boshqa yangiliklar