Kecha, 1 fevral kuni soat 18:24larda Qo`qon shahar, "Otabek noib" ko`chasidagi raqamsiz xonadonda yong`in chiqqan. Bu haqda Farg`ona viloyati Favquloddda vaziyatlar bo`limi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, hodisada uyning 60 m² maydonda ichki va tom qismi yongan.
Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:27da etib borib, 18:32da yong`in to`liq o`rab olinib, 18:42da batamom o`chirilgan.
Yong`indan uyning 100 m² maydoni saqlab qolingan.
"Hozirda yong`inning taxminiy sababi va etgan zarar aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.
Qo`shni xonadonlarga ziyon etmagani aytiladi.






