Bugun, 2 fevral kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. "O`zgidromet"ga ko`ra, ayrim joylarga tuman tushishi ham mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






