AsosiyJamiyat

Farg`onada koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqaro "Malibu" yutib oldi

'Farg`onada koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqaro "Malibu" yutib oldi'ning rasmi

15 yanvardan boshlab 5 oy davomida O`zbekiston bo`ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar o`rtasida «Vaksina - to`g`ri tanlov» yutuqli o`yinlari tashkil qilingani borasida xabar bergan edik.

Ma`lum qilinishicha, 15 yanvardan boshlab 5 oy davomida O`zbekiston bo`ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar o`rtasida «Vaksina - to`g`ri tanlov» yutuqli o`yinlari tashkil qilindi. Unga ko`ra, HAR HAFTA 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet sovrinlari qo`yilgan edi

29 yanvar shanba kuni Zo'rTV kanalida ilk g`olib aniqlandi — Farg`onaning Furqat tumanidan Esonaliev Bahodirjon Xaliljon o`g`li "Malibu" egasiga aylandi!

Eslatma: 15 yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli o`yin ishtirokchisiga aylanishadi, qo`shimcha ravishda biror joydan ro`yxatdan o`tish shart emas. Vaksina turining farqi yo`q, istalganini olsa hisob. Qaysi dozaligini ham farqi yo`q.

    Boshqa yangiliklar