1-fevral kuni soat 15:15 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Zomin shahrida joylashgan kutubxonada yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida ma`umot kelib tushgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, yong`in joyiga tuman 2 ta qutqaruvchilar bo`linmasi yuborilgan. Yong`in to`liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo`q.
Aniqlanishicha, foydalanishga topshirilmagan bino ichida kitoblar bo`lmagan. Hozirda yong`in sababi va ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






