O`tgan mavsumni Belarussiyaning "Energetik BGU" va "Shaxtyor" jamoalarida o`tkazgan hujumchi Shahzod Ubaydullaev O`zbekiston Superligasida to`p suradi.
Futbolchi Farg`onaning "Neftchi" klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma`lumot uchun, Shahzod Ubaydullaev 1998 yilda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida tug`ilgan. Futbolchilik faoliyatini Muborakning "Mash`al" jamoasida boshlagan sportchi, keyinchalik "Andijon" va "Metallurg" klublarida davom ettirdi. Shundan so`ng Belarussiyaning "Energetik BGU" hamda "Shaxtyor" jamoalarida to`p surdi.






